avatar
Куч
0.30
Рейтинг
+0.12

Мақолалар

Mening bobom, buvim - mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim- mahallamiz faxri.
Reja:
1. Buvijonim o’gitlari.
2. Siz – ahli fayz.
3. 2015- yil — Keksalarni e’ zozlash yili.
4. Nasihat.
5. Yoshlar — faxriylar izdoshlari.
    
                                                                                Har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga
                                                                        bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy
                                                                        darajasini belgilaydi.
                                                                                                            (Islom Karimov)
    Yurtboshimiz tomonidan 2015-yilni ’’Keksalarni e’zozlash yili’’ deb e’lon qilinganini eshitib juda quvondim. Keksalarga hurmat-ehtirom ko’rsatilayotgan nurafshon kunlarni ko’rmay o’tib ketgan buvijonimni ko’z o’ngimga keltirarkanman, ularning o’gitlari qulog’im ostida jaranglaydi.
     Buvim ancha keksayib qolganiga qaramay doim ro’zg’or yumushlari bilan kuymalanib yurardi. Bolalik qilib biror yumushdan bosh tortgudek  bo’lsak, yoniga chaqirib nasihat qilardi. ’’Har doim tong sahardan eshik oldi, hovli yuzasini supur, yerni yuzi ochiladi. Uyqudan qancha erta turib darvozani ochsang, uyingga shuncha ko’p baraka kiradi. Ayniqsa, oshxonada yurganingda sochingni yig’ishtirib, boshingga ro’mol o’rab ol!’’ derdi. Buvim isrofgarchilikni yomon ko’rgani uchunmi vodoprovodda suvni oqib turganini ko’rsa darhol jo’mrakni yopib, bizni koyirdi. Hech esimdan chiqmaydi. Ertapishar o’riklar endigina qizara boshlaganda qo’shni qizlarga ergashib, mahallamiz chekkasida yashaydigan Akmal boboning bog’iga o’rikxo’rlikka tushdik. Ukalarimga maqtanmoqchi bo’lib olib kelgan o’riklarimni dasturxon ustiga qo’ydim. ’’Jigarlarini o’ylaydigan mehribon qizim’’ deb, meni erkalab suyishlarini kutib, buvimga qaragan edim, jahl bilan tikilib turgan nigohlariga to’qnashdim. O’shanda birovning bog’idan so’roqsiz bir tishlam meva yeyish o’g’rilik va gunoh ekanligi tushuntirib, meni yetaklagancha Akmal boboning oldiga olib borgandi. Men uchun qayta-qayta uzr so’rab ko’zi yoshga to’lgan buvimning ahvolini ko’rib katta xato qilganimni anglaganman va bir umrlik saboq olganman. Buvim bilan bog’liq xotiralarni eslarkanman, ulardan ko’p narsalarni o’rganib qolmaganimga achinaman. Hammayoqni saranjomini olib yuradigan buvim kiyinishga ham alohida ahamiyat berardi. ’’Did bilan toza-ozoda yur. Atrofingdagilar chiroyli kiymingga emas, ozodaligingga havas bilan qarasin’’, degan gapni takrorlardi. Buvimning yana bir ajoyib odati bor edi. Kitob o’qishni yaxshi ko’rardi. Barcha nabiralarini atrofiga to’plab, bir-biridan qiziq rivoyatlarni o’qib, mag’zini chaqib berardi. Shuning uchunmi kitobga bo’lgan mehrim bo’lakcha.
         Vatan – bu so’z zamirida qancha ma’no mujassam. Vatan muqaddas, uning har qarich yerini e’zozlab yashang. Yagonasan muqaddas Vatanim sevgi va sadoqatim senga baxshida go’zal O’zbekistonim. Yurtimiz tinch, hayotimiz farovon, biz yosh avlod barkamol bo’lib yetishishga intilmoqdamiz. Shu tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetib yashaylik.Shu tinchlik tufayli mahallamiz,shahrimiz va albatta yurtimiz obod.Mana shu tinchligimiz sababchilari bo’lgan nuroniy bobo va buvijonlarimizga boshimiz yerga tekkuncha ta’zim qilsak ham oz. Keksalarning duosi har bir ish uchun unum baxsh etadi. Fikrim dalilini mana shu to’rt qator she’rda aks ettirmoqchiman.
E’tiqod, qudratda buyuk bobolar,
El yashar toabad suyuk bobolar,
Bibixonim qani, ayting, momolar,
Bobur savlatini ko’rgim keladi
Xalqimizda ’’Qari bilganni pari bilmas’’ degan naql bor. Haqiqatan ham, katta hayot yo’lini bosib o’tgan nuroniylar ko’rsatgan yo’l hamisha to’g’ri bo’lgan. Yoshi ulug’lar pand-nasihat, yo’l-yo’riqlaridan mutaassir bo’lgan o’g’il-qizlar yanada faollashishi tayin. Shu ma’noda  ’’Siz ahli fayz’’ she’ri juda o’rinli.
Ma’yus ko’zlaringiz falsafasida.
Taqdir hikoyasin o’qiyman bot-bot.
Bugun katta hayot arafasida
Har aytgan so’zingiz xotiramda yod.
Qat-qat kitoblardan izlab topmagan
Asl haqiqatlar so’zingizda jo.
Siz – ahli fayzsiz, siz – nurli qadam,
Har bir duoingiz bo’ladi bajo.
       Bizda an’anaga aylanib qolgan yaxshi bir odat bor. Bu kirib kelayotgan yangi yilning o’ziga xos tarzda nomlanishidir. Davlatimiz rahbari Konstitutsiyaning 22 yilligiga  bag’ishlangan tantanali marosimda:’’Bugun faxriylarimizning hurmatini joyiga qo’yish, har qaysi keksa odamning yuragiga yetib borish, ko’nglini ko’tarish, shu bilan birga, ularning hayotini mazmunli qilish yo’lida olib borayotgan ishlarimizni kuchaytirish, samarasini oshirish zarur’’, deya ta’kidladilar va yangi 2015-yilni ’’Keksalarni e’zozlash yili’’ deb nomlashni  taklif qildilar. Mazkur taklifni keng jamoatchilik yuksak e’tirof sifatida qabul qildi. O’zbek xonadonida farzand tarbiyasi xususida so’z borganda keksalarning o’rni, ularning pand- nasihatlari va hayot tarbiyasiga tayaniladi. Bobo va buvi tarbiyasini olgan o’g’il-qiz borki, qalbida mehr-muhabbat, atrofidagilarga izzatda bo’lishga intiladi. Ularning har aytgan so’zini o’z hayotida dasturilamal bilib, to’g’ri va halol yashashga, yurti va millati kelajagi uchun kamarbasta bo’lishga shay turadi. Qariyalar qadr topgan mana shu yurt bag’rida unib-o’sayotgan har bir o’g’il-qiz hamisha xalq xizmatida bo’lish, xalqning olqishini olishga-da intilib yashaydi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat tuyg’usi bizning qon-qonimizga singib ketgani ham bejiz emas, albatta. Oilalarga tinchlik, xotirjamlik va fayz-baraka yog’ilsin. Keksalarimiz sog’-omon bo’lsin. Ularning duolari hamisha yuzimizni  yorug’, yo’llarimizni farovon qilsin. Zero, shuni unutmangki, qarisi bor uyning parisi bordir.
      Shu kunlarda bir kasallikka chalinib qoldim. Nasihat qilish kasalligiga! Atrofimdagilarning harakatlariga, gapirishlariga va kiyinishlarigacha e’tibor berib, nasihatlarim bilan ularning hayotlariga aralashadigan bo’lib qoldim. Bir kuni avtobusda ketayotsan, ro’paramdagi bolalarga ko’zim tushdi. Ularni yetti-sakkiz yoshlarda deb taxmin qildim. Bolalar onalarining pinjiga qisilib o’tirishar, sumkalarini mahkam quchoqlab olgan edilar. Ulardan biri  menga qarab turganidan foydalanib:
— Salom, bolakay, maktabga ketyapsanmi? ­– deya so’radim.
   Bola dovdirab, yuzimga termulib, nima deyishini bilmasdan boshini egdi. 
— Keyin yonidagi boladan so’radim.                                                  
— Akang savolimga javob bermadi, balki sen aytarsan-a?
   U ham javob bermadi, bu ham yetmagandek akasi bilan kula boshladi.
   Qattiq jahlim chiqdi va onasiga qarab:
  — Bolalarni shunchalik ham bo’sh tarbiyalaysizmi? Har tugul maktabga borishga kerak, shundaymi? – dedim.
    Ayol kayfiyatsiz ahvolda:
 -  Ikki yildirki olib boraman, olib kelaman, lekin savollaringizga javob berishlarini  tassavvur ham qilolmayman, — dedi.
   Ovozimni biroz ko’tarib:
— Odobni maktabda o’rgatmasalar, o’zingiz o’rgatishingiz lozim edi. Mamlakat kelajagi shu bolalarga bog’liq emasmi? – dedim.  
   Ayol bir nimalar demoqchi bo’ldi-yu, indamay qo’yaqoldi.
   Bir ozdan so’ng avtobus  to’xtadi. Ayol bolalarining qo’llaridan ushlab, maktab binosiga o’xshagan joyda tushib qoldi. Avtobus oynasidagi hovurni  artayotib, eshik tepasidagi yozuvga ko’zim tushdi. Ne ko’z bilan ko’rayki, unda ’’KAR VA SOQOVLAR MAKTABI’’ degan yozuv turardi.
    Hayot o’z qadr qimmatini yo’qota boshlagani sayin biz u haqda ko’proq o’ylay boshlaymiz, keksalar yoshlarga qaraganda ortiqroq kuyib-pishadilar. Fanga, musiqaga, teatrga va umuman, tashqi olamga  muhabbati saqlanib qolgan qariyalar baxtiyordirlar. O’zidagi bor narsalar insonga qariganda ayniqsa asqotadi.Keksaya olish san’atidan ko’ra uni yenga olish san’ati ulug’roqdir.Keksaya olish – san’at, unga hamma ham muyassar bo’lavermaydi. Keksalik san’ati yoshlarga to’g’anoq emas – suyanchiq, raqib emas – muallim, befarq emas – hamdard bo’lish demakdir. Biz yosh avlod albatta serg’ayrat,barkamol,yetuk inson bo’lib o’z yurtimizga munosib farzand bo’lishga harakat qilamiz.
 
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi  9-’’B ’’sinf o’quvchisi  Hamadulloyeva Zebo

Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri
Reja:
 1.Keksalarni qadrlagan yurt qudratli bolur.
 2. 2015-yil “ Keksalarni e’zozlash yili “
 3.Faxriylar doim hurmat – extiromda.
 4.Har keksadan bir naql.
 5. Nuroniylar izzat ikromda.
 
 Bizda an’anaga aylanib qolgan yaxwi bir odat bor. Bu kirib kelgan yangi yilning o’ziga nomlanishidir. davlatimiz raxbari prizdentimiz I. A.Karimov Konstitutsiyaning 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda: Bugun faxriylarimizning hurmatini joyiga qo’yish, har qaysi keksa odamning yuragiga yetib borish, ko’nglini ko’tarish, shu bilan birga, ularni hayotini mazmunli qilish yo’lida olib borayotgan ishlarimizni kuchaytirish, samarasini oshirish zarur “, deya ta’kidladilar va bu yil 2015- yilni “ Keksalarni e’zozlash yili deb nomlashni taklif qildilar.
Mazkur taklifni keng jamoatchilik yuksak e’tirof sifatida qabul qildi. Darhaqiqat, o’zbek xonadonida farzand tarbiyasi xususida so’z borganda keksalarni o’rni ularning pand nasihatlari va hayot tajribasida tayaniladi. bob ova buvi tarbiyasini olgan o’g’il –qiz borki, qalbida mehr –muhabbat, atrofidagilarga izzatda bo’lishga intiladi. Ularning har aytgan so’zini o’z hayotida dasturilamal bilib, to’g’ri va halol yashashga, yurti va millati kelajagi uchun kamarbasta bo’lishga shay turadi.
 Shuningdek, qariyalar qadr topgan mana shu yurt bag’rida unib o’sayotgan har bir o’g’il- qiz hamisa xalq xizmatida bo’lish, xalqning olqishini olishga intilib yashaydi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat tuyg’usi bizning qon –qonimizga singib ketgani ham bejiz emas, albatta. yoshlarimiz hamisha keksalarni ardoqlashadilar. Buni yaxwi tushungan, qalban his qilgan har bir inson borki, albatta, keksalarni e’zozlaydi. Ularni borida qadrlaydi.
 Prezdentimiz tashabbusi bilan 2015-yilga mamlakatimizda Keksalarni ezozlash yili deb e’lon qilindi. Mamlakatimizda amalgam oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, barcha jabxalardagi keng ko’lamli o’zgarishlar zamirida inson va uning maanfatlari, oilalarimiz farovonligi, farzandlarimizning xech kimdan kam bo’lmay o’sishidek ezgi madsadlar mujassam. Darhaqiqat, Prezdentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan “ O’zbek modeli “ samaralari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan o’zgarishlar, xalqimizning hayot darajasi va sifati ortub borayotganidan yaqqol namoyon bo’moqda. Kuchli ijtimoiy siyosat ana shu taraqqiyot modelinig asosiy yo’nalishlaridan biridir. Ushbu tamoyil asosida o’tgan davrda mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirish, yolg’iz keksalar, pensionerlar va nogironlar, kam ta’minlanganlarni manzilli ijtimoiy muhofazalash yuzasidan keng ko’lamli ishlar amalgam oshirildi. Davlatimiz rahbarining 2011-yil 30- mayday qabul qilingan “2011-2015- yillarda yolg’z keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risidagi” qarori shu maqsad yo’lisdagi xayrli ishlardandir. Mazkur qarori asosida yolg’iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirish, ularni ijtimoiy ta’minlash, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy – texnika bazasini mustaxkamlash ishlari yanada takomillashtirildi.
 Bunday ezgu ishlarni amalgam oshirish uchun davlat tomonidan har yili katta miqdorda mablag’lar ajratilmoqda. Ijtimoiy –iqtisodiy yo’nalishlarda olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholi yalpi daromadlari 8,7 barobar o’sdi. Xalqimizning o’rtacha umr ko’rish darajasi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar o’rtasida esa
75,8 yoshga yedi. Keksalarni e’zozlash yilida bu boradagi ishlar ko’lami yanada kengayishi shubhasizdir. Bular xalqimizning turmush darajasi va sifati tobora ortib borayotganidan, yoshi ulug’ odamlarimiz yaxshi niyat, ertangi kunimizga katta umid bilan yashayotganidan, ularning qalbi sofligidan dalolatdir. Mamlakatimizda piru badavlat otaxon va onaxonlarimizni qadrlash, ularga ajratilayotgan pensiyalar hajmini muttasil oshirib borish doimiy e’tiborda bo’lib kelayotir.
 O’zbekiston Respublikasi Prezdentinig 2014-yil 13- oktabrdagi “ 1941-1945- yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo’llab quvvatlashni yanada kuchaytirish chora tadbirlari to’g’risida”gi farmoni urush va mehnat faxriylarini e’zozlash yo’lidagi ezgu va savobli ishlarining amaldagi yana bir ifodasi bo’ldi.
 Mamlakatimiz prezdentining 2015-yil 26- martdagi “umumxalq bayrami” –“ Xotira va qadrlash kuni’ ga tayyorgarlik tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida” gi farmonyishiga asosan 1941-1945-yillardagi urush va mexnat fronti faxriylariga “ikkinchi jaxon urushidagi G’alabaning 70 yilligi” esdalikyubiley medali va bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirilmoqda. Shunday tantanalardan biri Chirchiq Garnizoniga qarashli harbiy qism hizmatchilari tashabbusi bilan shaxrimizda istiqomat qilib kelayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchisi Anatoliy Fulichev va Nikaly Galuzinlarning xonodonlarida ham tashkillashtirildi. Bu- faxriylarimizga hurmat extiromning amaldagi ko’rinishidir. Mash’um urush jabrini tortgan, u bilan yuzma- yuz kelgan faxriylarimizning xar bir so’zi o’giti bugungi yoshlar uchun katta saboqdir. O’tganlarni xotirlash, nuroniylarimizni qadrlash xalqimizga xos ulug’ fazilat. Ma’lumki, ikkinchi jaxon urushida erishilgan g’alabada yurtdoshlarimiz ko’rsatgan jasorat va xizmatlarining o’rni beqiyos.
 Keksalarga hurmat, mehr oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan.
“ Qarisi bor uyning parisi bor”. “Qariyalar- xonadonimizning fayzi va farishtasi” degan maqol va hikmatli so’zlarimizda qanday chuqur ma’no bor. Haqiqatdan ham qaysi xonadonda nuroniy otaxonva onaxon bo;lsa, bu ahillik bo’lishini barchamiz yaxshi bilamiz.
Xalqimizning qadimiy va shonli tarixini uzviy davom ettirishga, shu tarixning o’chmas sahifalarini, ajdodlarimizning buyuk merosini, qadriyat va urf- odatlarni yoshlarimizga yetkazish, hayotimizni tobora poklash va fayzu barakali qilishda, uni ma’naviy yuksaltirishda, bugun yaratganning har bir kuni ma’noli va sermazmun o’tkazishda beqiyos hissa qo’shayotgan ota bobolarimizga har tomonlama hurmat, e’zoz va ehtirom ko’rsatish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.
 Xotira va qadrlash — umrboqiy qadriyatlarimizni o’zida mujassam etgan muqaddas tushuncha. Mustaqillik yillarida bu xayotimizda yanada teran ma’no mazmun kasb etadi. Prezdentimiz tashabbusu bilan inson xotirasi, shani qadr qimmatini ulug’lash maqsadida “ 9-may – Xotira va qadrlash kuni”, “2015-yil Keksalarni e’zozlash yili” etib belgilangani ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga ko’rsatilayotgan extiromning yana bir yorqin ifodasidir.
 O’zbekiston respublikasi Prezdentinig 2015-yil 6-martdagi “1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida” gi farmoniga asosan shaxrimizdagi barcha urush qatnashchilari va nogironlari 7ming so’m miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Qari uyning farishtasi,
 Saramjoni sarishtasi.
 ***
Qarilarni qarg’atma,
Yosh joningni og’ritma
 ***
Qarilik- bolalik
 ***
Qarida xislat kop
 
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-“A” sinf o’quvchisi Tolipova Nasiba Dilmurod qizi

Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom,buvim – mahallamiz faxri
                                                       Reja:
      1.Bobom va buvim mahallamiz faxriylaridan biri
       2.Men ularga dastyorman
       3.Buvimning o’gitlari
       4.2015-yil – keksalarni e’zozlash yili
       5. Keksalardan ibrat olaylik
 
                                                                               Har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga
                                                                        bo’lgan     e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini
                                                                        belgilaydi.
                                                                                                                           (Islom Karimov)
           Salobati uyni to’ldirib turgan pir-u badavlat bobojonim,mahallamiz ayollarining kayvonisi,meri daryo buvijonim bilan qancha faxrlansam kam.Mahallamizda ulardan duo olmagan,maslahat va nasihatlariga amal qilmagan inson yo’q.Har kuni tong sahardan buvim ayvonchada o’tirib ouim,dadam va biz nevaralariga turli nasihatlar berib,uyni to’ldirib o’tirishlari biz uchun ibrat.Agar ma’lum bir muddat bobom bilan buvim uyda bo’lmasalar,xonadonimizdan fayz ketib,hovlimiz huvillab qolganday bo’ladi.Shuning uchun aytsalar kerak-da “Qarisi bor uyning parisi bor” deb.Mahallamiz odamlari ularga havas bilan qarab,ulardek yoshga yetishni orzu qiladilar.Mahallada tez-tez yig’in bo’lib turadi.Bobom va buvim yig’inlarda yosh oilalarga zarur maslahatlar berib, ularni tinch-osoyishta oila qurishga undaydilar.Mahallada keksa,yoshi ulug’ bobolarimiz va buvilarimiz o’rni ahamiyatlidir.
         Mehribon buvijonim menga ko’rpa-ko’rpachalar qavishni, shirin-shirin taomlar tayyorlash sirlarini o’rgatib,o’rganganlarim yuzasidan tez-tez imtihon qilib turadilar.”O’rganganing  — o’zingga,bajarganing- menga” degan jumlani tez-tez takrorlab turadilar. Men bu gapning mohiyatini yaxshi anglay olmasdim.O’ylab ko’rsam, buvimdan o’rgangan narsalarimning deyarli yarmini ham sinfdosh dugonalarim bilmas ekan.Uyda xuddi buvim o’rgatgandek ovqat tayyorlasam yoki boshqa bir ishni qoyillatib qo’ysam oyim ham “Dastyor qizimdan aylanay” deb maqtab qo’yadilar.Demak, buvim aytgan hikmatning mazmuni shu ekan-da.Ya’ni, o’rganganim o’zimga foyda,bajarganim esa oilamga.
         Kunning ikkinchi yarmini ko’pincha buvijonim yonida o’tkazaman.Ular menga har xil rivoyatlar, qiz bola odob-axloqi haqida hikmatlar,ibratli voqealar aytib beradilar.Ayniqsa,qizlarning kiyinish madaniyati haqida aytgan gaplarini jon qulog’im bilan eshitaman.Ular  bir kuni hovlida  o’tirib mahallamiz guzari yonidan o’tib ketayotgan ikki qizni qiyoslab shunday deganlar:” Qara,qizim,Oybuvi xolangning qizi o’ziga yarashgan o’zbekona ko’ylak-lozim kiyib o’tib ketyapti.Anavi yigitlar unga havas bilan boqib  qo’yishdi.Mahalla guzaridagi erkak kishilar ham salomiga alik olib “barakalla,ona qizim” deb qo’yishdi.Manavi, qo’shnining tor shim,yelkasi ochiq kofta kiyib olgan qizini esa, erkaklar xirs tuyg’usi bilan suqlanib qarab, yosh yigitlar hushtak chalib kuzatib qolishdi.Xo’sh,erkaklarning bunday munosabatiga kim aybdor? Qo’shnining qizimi yoki unga suqlanib qaragan erkaklarmi? Albatta, qizning o’zi aybdor.Chunki u o’zini xuddi “ko’cha qizlari”dek  tutib dumbasini o’ynatib o’tib ketdi.Bilib qo’y qizim,erkaklarning ko’zini o’ynatib qarashiga majbur qilgan ayol eng xayosiz, eng tuban ayoldir.Chunki “Buqacha ko’zini suzmasa,g’unajin ipini uzmaydi”.Buvimning bu gaplarini eshitib behayo kiyinib yuruvchi qizlardan nafratlanib ketdim…
      Keksalarning bunday nasihatlarini eshitish har bir yosh avlod uchun juda  muhim deb o’ylayman.
Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan “2015-yil – keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi yoshi ulug’ bobo va buvilarimizga ko’rsatilayotgan yana bir e’tirofdir.Biz yoshlar hayotning achchiq-chuchugini totib ko’rgan, umri davomida ne-ne to’siqlardan o’tgan pir-u badavlat bobo-buvilarimiz o’gitlariga doimo muhtojmiz. Yilning ularga bag’ishlanganligi biz uchun ham juda muhim ahamiyat kasb etdi.Ayniqsa,qiz bola uchun unga o’rnak bo’luvchi inson juda kerak bo’ladi.
      Kaykovusning “Qobusnoma” kitobida shunday bir hikoyat bor:”Undoq eshitibmankim,yuz yil yashag’on va qaddi yoydekxam bo’lg’on bir qari kishi qo’liga aso tutub borur erdi. Bir yigit uni tamasxur qilib dedi:”Ey shayx,ushbuyoyni necha tangaga olding?Aytg’il, to men ham olurman”. Shayx dedi: “Agar umr topsang va sabr qilsang, bu yoyni senga tekinga berurlar”.
      Aziz tengdoshlar, hayotning ne-ne sinovlariga bardosh berib shu tabarruk yoshlarga yetgan, qalbida zarracha g’arazlik bo’lmagan,dunyoda doimo tinchlik bo’lishini xudodan tilab,sizga uzoq umr so’raydigan,sizga faqat va faqat yaxshilik tilaydigan nuroniy bob ova buvilarimizni qadrlang.Ulardan ibrat oling.
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi 8-“A” sinf o’quvchisi Kuramboyeva Ziyoda