Mening bobom, buvim - mahallamiz faxri
“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Mening bobom, buvim- mahallamiz faxri.
Reja:
1. Buvijonim o’gitlari.
2. Siz – ahli fayz.
3. 2015- yil — Keksalarni e’ zozlash yili.
4. Nasihat.
5. Yoshlar — faxriylar izdoshlari.
Har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga
bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy
darajasini belgilaydi.
(Islom Karimov)
Yurtboshimiz tomonidan 2015-yilni ’’Keksalarni e’zozlash yili’’ deb e’lon qilinganini eshitib juda quvondim. Keksalarga hurmat-ehtirom ko’rsatilayotgan nurafshon kunlarni ko’rmay o’tib ketgan buvijonimni ko’z o’ngimga keltirarkanman, ularning o’gitlari qulog’im ostida jaranglaydi.
Buvim ancha keksayib qolganiga qaramay doim ro’zg’or yumushlari bilan kuymalanib yurardi. Bolalik qilib biror yumushdan bosh tortgudek bo’lsak, yoniga chaqirib nasihat qilardi. ’’Har doim tong sahardan eshik oldi, hovli yuzasini supur, yerni yuzi ochiladi. Uyqudan qancha erta turib darvozani ochsang, uyingga shuncha ko’p baraka kiradi. Ayniqsa, oshxonada yurganingda sochingni yig’ishtirib, boshingga ro’mol o’rab ol!’’ derdi. Buvim isrofgarchilikni yomon ko’rgani uchunmi vodoprovodda suvni oqib turganini ko’rsa darhol jo’mrakni yopib, bizni koyirdi. Hech esimdan chiqmaydi. Ertapishar o’riklar endigina qizara boshlaganda qo’shni qizlarga ergashib, mahallamiz chekkasida yashaydigan Akmal boboning bog’iga o’rikxo’rlikka tushdik. Ukalarimga maqtanmoqchi bo’lib olib kelgan o’riklarimni dasturxon ustiga qo’ydim. ’’Jigarlarini o’ylaydigan mehribon qizim’’ deb, meni erkalab suyishlarini kutib, buvimga qaragan edim, jahl bilan tikilib turgan nigohlariga to’qnashdim. O’shanda birovning bog’idan so’roqsiz bir tishlam meva yeyish o’g’rilik va gunoh ekanligi tushuntirib, meni yetaklagancha Akmal boboning oldiga olib borgandi. Men uchun qayta-qayta uzr so’rab ko’zi yoshga to’lgan buvimning ahvolini ko’rib katta xato qilganimni anglaganman va bir umrlik saboq olganman. Buvim bilan bog’liq xotiralarni eslarkanman, ulardan ko’p narsalarni o’rganib qolmaganimga achinaman. Hammayoqni saranjomini olib yuradigan buvim kiyinishga ham alohida ahamiyat berardi. ’’Did bilan toza-ozoda yur. Atrofingdagilar chiroyli kiymingga emas, ozodaligingga havas bilan qarasin’’, degan gapni takrorlardi. Buvimning yana bir ajoyib odati bor edi. Kitob o’qishni yaxshi ko’rardi. Barcha nabiralarini atrofiga to’plab, bir-biridan qiziq rivoyatlarni o’qib, mag’zini chaqib berardi. Shuning uchunmi kitobga bo’lgan mehrim bo’lakcha.
Vatan – bu so’z zamirida qancha ma’no mujassam. Vatan muqaddas, uning har qarich yerini e’zozlab yashang. Yagonasan muqaddas Vatanim sevgi va sadoqatim senga baxshida go’zal O’zbekistonim. Yurtimiz tinch, hayotimiz farovon, biz yosh avlod barkamol bo’lib yetishishga intilmoqdamiz. Shu tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetib yashaylik.Shu tinchlik tufayli mahallamiz,shahrimiz va albatta yurtimiz obod.Mana shu tinchligimiz sababchilari bo’lgan nuroniy bobo va buvijonlarimizga boshimiz yerga tekkuncha ta’zim qilsak ham oz. Keksalarning duosi har bir ish uchun unum baxsh etadi. Fikrim dalilini mana shu to’rt qator she’rda aks ettirmoqchiman.
E’tiqod, qudratda buyuk bobolar,
El yashar toabad suyuk bobolar,
Bibixonim qani, ayting, momolar,
Bobur savlatini ko’rgim keladi
Xalqimizda ’’Qari bilganni pari bilmas’’ degan naql bor. Haqiqatan ham, katta hayot yo’lini bosib o’tgan nuroniylar ko’rsatgan yo’l hamisha to’g’ri bo’lgan. Yoshi ulug’lar pand-nasihat, yo’l-yo’riqlaridan mutaassir bo’lgan o’g’il-qizlar yanada faollashishi tayin. Shu ma’noda ’’Siz ahli fayz’’ she’ri juda o’rinli.
Ma’yus ko’zlaringiz falsafasida.
Taqdir hikoyasin o’qiyman bot-bot.
Bugun katta hayot arafasida
Har aytgan so’zingiz xotiramda yod.
Qat-qat kitoblardan izlab topmagan
Asl haqiqatlar so’zingizda jo.
Siz – ahli fayzsiz, siz – nurli qadam,
Har bir duoingiz bo’ladi bajo.
Bizda an’anaga aylanib qolgan yaxshi bir odat bor. Bu kirib kelayotgan yangi yilning o’ziga xos tarzda nomlanishidir. Davlatimiz rahbari Konstitutsiyaning 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda:’’Bugun faxriylarimizning hurmatini joyiga qo’yish, har qaysi keksa odamning yuragiga yetib borish, ko’nglini ko’tarish, shu bilan birga, ularning hayotini mazmunli qilish yo’lida olib borayotgan ishlarimizni kuchaytirish, samarasini oshirish zarur’’, deya ta’kidladilar va yangi 2015-yilni ’’Keksalarni e’zozlash yili’’ deb nomlashni taklif qildilar. Mazkur taklifni keng jamoatchilik yuksak e’tirof sifatida qabul qildi. O’zbek xonadonida farzand tarbiyasi xususida so’z borganda keksalarning o’rni, ularning pand- nasihatlari va hayot tarbiyasiga tayaniladi. Bobo va buvi tarbiyasini olgan o’g’il-qiz borki, qalbida mehr-muhabbat, atrofidagilarga izzatda bo’lishga intiladi. Ularning har aytgan so’zini o’z hayotida dasturilamal bilib, to’g’ri va halol yashashga, yurti va millati kelajagi uchun kamarbasta bo’lishga shay turadi. Qariyalar qadr topgan mana shu yurt bag’rida unib-o’sayotgan har bir o’g’il-qiz hamisha xalq xizmatida bo’lish, xalqning olqishini olishga-da intilib yashaydi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat tuyg’usi bizning qon-qonimizga singib ketgani ham bejiz emas, albatta. Oilalarga tinchlik, xotirjamlik va fayz-baraka yog’ilsin. Keksalarimiz sog’-omon bo’lsin. Ularning duolari hamisha yuzimizni yorug’, yo’llarimizni farovon qilsin. Zero, shuni unutmangki, qarisi bor uyning parisi bordir.
Shu kunlarda bir kasallikka chalinib qoldim. Nasihat qilish kasalligiga! Atrofimdagilarning harakatlariga, gapirishlariga va kiyinishlarigacha e’tibor berib, nasihatlarim bilan ularning hayotlariga aralashadigan bo’lib qoldim. Bir kuni avtobusda ketayotsan, ro’paramdagi bolalarga ko’zim tushdi. Ularni yetti-sakkiz yoshlarda deb taxmin qildim. Bolalar onalarining pinjiga qisilib o’tirishar, sumkalarini mahkam quchoqlab olgan edilar. Ulardan biri menga qarab turganidan foydalanib:
— Salom, bolakay, maktabga ketyapsanmi? – deya so’radim.
Bola dovdirab, yuzimga termulib, nima deyishini bilmasdan boshini egdi.
— Keyin yonidagi boladan so’radim.
— Akang savolimga javob bermadi, balki sen aytarsan-a?
U ham javob bermadi, bu ham yetmagandek akasi bilan kula boshladi.
Qattiq jahlim chiqdi va onasiga qarab:
— Bolalarni shunchalik ham bo’sh tarbiyalaysizmi? Har tugul maktabga borishga kerak, shundaymi? – dedim.
Ayol kayfiyatsiz ahvolda:
- Ikki yildirki olib boraman, olib kelaman, lekin savollaringizga javob berishlarini tassavvur ham qilolmayman, — dedi.
Ovozimni biroz ko’tarib:
— Odobni maktabda o’rgatmasalar, o’zingiz o’rgatishingiz lozim edi. Mamlakat kelajagi shu bolalarga bog’liq emasmi? – dedim.
Ayol bir nimalar demoqchi bo’ldi-yu, indamay qo’yaqoldi.
Bir ozdan so’ng avtobus to’xtadi. Ayol bolalarining qo’llaridan ushlab, maktab binosiga o’xshagan joyda tushib qoldi. Avtobus oynasidagi hovurni artayotib, eshik tepasidagi yozuvga ko’zim tushdi. Ne ko’z bilan ko’rayki, unda ’’KAR VA SOQOVLAR MAKTABI’’ degan yozuv turardi.
Hayot o’z qadr qimmatini yo’qota boshlagani sayin biz u haqda ko’proq o’ylay boshlaymiz, keksalar yoshlarga qaraganda ortiqroq kuyib-pishadilar. Fanga, musiqaga, teatrga va umuman, tashqi olamga muhabbati saqlanib qolgan qariyalar baxtiyordirlar. O’zidagi bor narsalar insonga qariganda ayniqsa asqotadi.Keksaya olish san’atidan ko’ra uni yenga olish san’ati ulug’roqdir.Keksaya olish – san’at, unga hamma ham muyassar bo’lavermaydi. Keksalik san’ati yoshlarga to’g’anoq emas – suyanchiq, raqib emas – muallim, befarq emas – hamdard bo’lish demakdir. Biz yosh avlod albatta serg’ayrat,barkamol,yetuk inson bo’lib o’z yurtimizga munosib farzand bo’lishga harakat qilamiz.
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-’’B ’’sinf o’quvchisi Hamadulloyeva Zebo